21/06/2022

Joriy yilning 17- iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  yuriskonsult I. Otajonov tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda hududiy boshqarma xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 16- maydagi “2022-2023- yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-sonli qarorining ijrosini Davlat  statistika qo‘mitasi tizimida  ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi tanishtirildi.

Xususan, mehnat huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarda xodimlarning o‘z huquq va manfaatlaridan to‘liq foydalanishi hamda o‘z navbatida majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarishlari lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek,  seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining asosiy Qonuni -  Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishning zarurati va bu jarayonda umumxalq fikrini, taklif va tavsiyalarini o‘rganish  xususida ma’lumotlar berildi. Ta’kidlandiki, konstitutsiyaviy islohotlar oddiy aholining hayotini, turmush darajasini yaxshilash, xalqimiz farovonligini ta’minlash, jamiyatimiz va davlatimizni yanada taraqqiy topishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan me’yoriy norma sanaladi. Umumxalq fikrininig o‘rganilishi esa uning xalqchilligini oshirishga xizmat qiluvchi omillardan biridir.

I.Otajonov seminar so‘nggida  ishtirokchilarning konstitutsiyaviy islohotlarning maqsadi va mohiyatiga oid savollariga javob berib o‘tdi.

 

Axborot xizmati