20/06/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-may oylarida  O‘zbekistonga 17 ta davlatdan qiymati 19,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 20 ming tonna parranda go‘shti import qilingan.

 Parranda go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 966 tonnaga oshgan.

 2022- yilning dastlabki 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p parranda go‘shtini import qilgan davlatlar:

  Polsha – 5,5 ming tonna

 Turkiya – 3,4 ming tonna

 Rossiya – 3 ming tonna

 Belgiya – 2,3 ming tonna

AQSH – 1,8 ming tonna

 Niderlandiya – 858 tonna

 Litva – 690 tonna

Germaniya – 443 tonna

 

Matbuot xizmati