Bugun, 20- iyun kuni viloyatimizda faoliyat olib borayotgan savdo nuqtalarida oziq-ovqat mahsulotlarining narx indekslari bo‘yicha kuzatuvlar reja asosida davom ettirildi.
Xususan, Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev hamda Urganch shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi, narx registratori Sh.Davletov ishtirokida shahardagi “To‘maris-Nur” gipermarketida aholiga taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari qiyosiy o‘rganildi.
Axborot xizmati