Xorazm viloyatida 2022- yil 1- iyun holatiga ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 192 tani tashkil etib, ulardan 180 tasi yoki 93,7 foizi faoliyat ko‘rsatgan.
Tahlillar bu ko‘rsatkichning o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 taga yoki 6,3 foizga kamayganligini ko‘rsatgan.
2022- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda 11 ta xorijiy kapital ishtirokidagi yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
Axborot xizmati