Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,8 ming tonna o‘rik eksport qilgan.
O‘rik eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 747 tonnaga yoki 36 % ga oshgan.
2022- yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p o‘rik eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 1,5 ming tonna
— Qozog‘iston – 860 tonna
— Qirg‘iz R. – 429 tonna
2022- yilning 5 oyida xorijga eng ko‘p o‘rik eksport qilgan hududlar:
— Farg‘ona viloyati – 1,2 ming tonna
— Xorazm viloyati – 311 tonna
— Toshkent viloyati – 236 tonna
Matbuot xizmati