Shovot tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 205 ta sanoat korxonasi tomonidan 2022- yilning yanvar-aprel oylarida umumiy hajmi 120,1 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
2021- yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 106,8 % ni tashkil etgan.
Sanoat ishlab chiqarishida yirik korxonalarning ulushi 69,8 % (83,8 mlrd so‘m)ni, kichik biznes subyektlarining ulushi esa 30,2 % yoki 36,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Ishlab chiqaradigan sanoat hajmining 84,8 %i to‘qimachilik (70,3 mlrd so‘m) va oziq-ovqat mahsulotlari (31,1 mlrd so‘m) ishlab chiqarishi hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati