15/06/2022

Joriy yilning 4 oyida Urganch shahrida umumiy hajmi 1,1 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

2021- yilning shu davriga nisbatan sohada o‘sish sur’ati 115,0 %ni tashkil qilgan.

Viloyat bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida Urganch shahrining ulushi eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan va 37,4 % darajada qayd etilgan.

Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-aprel oylarida  Urganch shahrida 1,0 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, viloyat hajmidagi ulushi 39,2 %ni, o‘sish sur’ati 126,3 %ni tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati