Shu yilning 14- iyun kuni viloyatimizning Gurlan va Hazorasp tumanlarida nooziq-ovqat mahsulotlarining navbatdagi narx kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuv davomida dislokatsiyasiga tushgan savdo nuqtalarida mutaxassislar tomonidan iste’mol mahsulotlari narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi o‘rganildi va narxlar planshetlarga qayd etib borildi.
Kuzatuv jarayonida hududiy boshqarma boshlig‘i vazifasini bajaruvchi A.O‘tamuratov va uning o‘rinbosari U.Bardiyevlar ishtirok etishib, yuqoridagi hududlarning narx kuzatuvlari uchun mas’ul bo‘lgan xodimlariga narx kuzatuvlarida asosiy e’tibor qaratilishini lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘z tavsiya va takliflarini berishdi.
Axborot xizmati