10/06/2022

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning 105 ta eksportyorlari tomonidan 76,1 mln AQSH dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlangan.

2021- yilning mos davriga nisbatan eksport hajmi 14,9 %ga koʻpaygan.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 92,0 %ni tashkil etib, ular asosan sanoat tovarlari (50,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (26,6 %), turli xil tayyor buyumlar (9,4 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

 

Axborot xizmati