2022- yilning yanvar-aprel oylarida Xorazm viloyati chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida umumiy ovqatlanish tashkilotlarining ulushi 1,1 %ni tashkil etib, 40,2 mlrd so‘mga yetgan.
2021- yil yanvar-aprel oylariga nisbatan hajmning o‘sishi 9,0 %ni tashkil qilgan.
Ovqatlanish tashkilotlari jami savdo aylanmasining 95,8 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, 4,2 % ulushi esa yirik korxona va tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati