08/06/2022

Xorazm viloyatida 2022- yilning yanvar-aprel oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 503,2 mlrd so‘mni tashkil etgan (2021- yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 0,4 % ga o‘sgan).

Chorva va dehqon bozorlarida o‘tkazilgan oylik kuzatuvlar ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 229,1 mlrd so‘mni (o‘zgarish sur’ati 95,7 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 274,1 mlrd so‘mni (o‘zgarish sur’ati 104,6 %)  tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati