06/06/2022

2022- yilning yanvar-aprel oylarida  Xorazm viloyatida bajarilgan jami qurilish ishlari ( 1 131,6 mlrd so‘m)ning 6,3% yoki 71,5 mlrd so‘mi davlat mulkchiligidagi qurilish tashkilotlari, 93,7 % yoki 1 060,1 mlrd so‘mi nodavlat mulkchiligidagi qurilish tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar orasida Urganch shahri davlat  (jamiga nisbatan 2,0 %) va nodavlat mulkchilik (22,3 %) shaklidagi qurilish tashkilotlarining jami qurilish ishlaridagi yuqori ulushi bo‘yicha yetakchilik qilgan.

Axborot xizmati