Viloyatimizda joriy yilning 4 oyida 237,5 mlrd so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilishi amalga oshirilgan.
Qurilish ishlari 2021- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 2,4 % ga oshgan.
Fuqarolik obyektlari qurilishining jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 21,0 %ni tashkil qilgan.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p fuqarolik obyektlari qurilishi Urganch shahri (79,5 mlrd so‘m), Urganch tumani (23,9 mlrd so‘m), Xiva shahri (22,8 mlrd so‘m) va Xonqa tumani (22,3 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati