01/06/2022

Viloyatda joriy yilning 4 oyi yakunlariga ko‘ra  aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish 1 684,9 ming so‘mni tashkil etib, 2021- yilning shu davriga nisbatan 23,0 %ga oshgan.

Shahar va  tumanlar  kesimida  eng yuqori ko‘rsatkich  Tuproqqal’a tumanida 42 487,3 ming so‘mni, Urganch shahrida  2 242,1 ming so‘mni  tashkil etgan bo‘lsa, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan iste’mol mahsulotlari

ishlab chiqarishning eng quyi ko‘rsatkichi  Qo‘shko‘pir (142,2 ming so‘m), Hazorasp (152,5 ming so‘m) va Xiva (203,9 ming so‘m) tumanlarida kuzatilgan.

 

Axborot xizmati