2022- yil yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlar (22,5%), boshqa xizmatlar (22,1%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (22,1 %), transport xizmatlar (12,6 %) va sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarda (12,0 %) qayd etilgan.
Ma’lumot uchun: 2021- yil yanvar-aprel oylarida ijara xizmatlari (163,5 %), me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda (238,0 %) yuqori o‘sish ko‘rsatkichi kuzatilgan edi.
Axborot xizmati