30/05/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-  yilning yanvar-aprel oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 2,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,1 ming tonna limon eksport qilgan.

 Limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 23 tonnaga kamaygan.

 2022- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:

 Rossiya – 1,3 ming tonna

Qozog‘iston – 516 tonna

Qirg‘iz R. – 271 tonna

 Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:

Farg‘ona viloyati – 770 tonna

Toshkent viloyati – 383 tonna

Xorazm viloyati – 320 tonna

Surxondaryo viloyati – 172 tonna .

 

Matbuot xizmati