2022- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda hajmi 51,3 mlrd so‘m bo‘lgan yashash va ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatilgan.
2021- yil yanvar-aprel oylariga nisbatan yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 6,5 % ga yoki 9,2 mlrd so‘mga oshgan.
Hisobot davrida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar 81,2 % ulush bilan ustunlik qilgan.
Ma’lumot uchun: 2022- yilning 1- may holatiga viloyatda yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 607 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.
Axborot xizmati