25/05/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 71,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 976 645 dona mobil telefon import qilingan.

 Telefon importi 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 320 900 donaga oshgan.

O‘zbekiston 9 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

 O‘zbekiston 4 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

 Xitoy – 741 546 dona

 Vyetnam – 121 376 dona

 Hindiston – 62 612 dona

 BAA – 46 137 dona

 Qozog‘iston – 3 663 dona

 Koreya – 1 286 dona

 Oylar kesimida telefon importi:

 yanvar – 129 766 dona

 fevral – 284 461 dona

 mart – 286 056 dona

 aprel – 276 362 dona

 

Matbuot xizmati