24/05/2022

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yil yanvar-aprel oylarida viloyatda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘rtacha 2 707,3 ming so‘mni tashkil qilgan.

 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri (2 054,2 ming so‘m)ga nisbatan 13,6 % ga oshgan.

Hududlar orasida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rtacha viloyat darajasidan  yuqori hajmi  yirik  sanoat korxonalari  joylashgan  Tuproqqal’a  tumani   (50 707,2 ming so‘m) va Urganch shahrida (4 932,0 ming so‘m)  kuzatilgan.

Axborot xizmati