Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasida 154,3 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 105,9 % ga teng.
Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 81,5 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati