Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 13 ta davlatdan qiymati 46,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 269 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,3 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:
— Pokiston – 211,3 ming tonna
— Qozog‘iston – 22,4 ming tonna
— Rossiya – 14,4 ming tonna
— Qirg‘iz R. – 8,8 ming tonna
— Eron – 5,6 ming tonna
— Afg‘oniston – 4 ming tonna
— Niderlandiya – 1,5 ming tonna
— Belarus – 631,6 tonna
— Polsha – 431,2 tonna
Matbuot xizmati