23/05/2022

2022- yilning 20- may kuni Xiva shahrida Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo‘limlari hamda tuman (shahar) bo‘linmalari bosh hisobchilari va iqtisodchilari uchun o‘quv seminar tashkil etildi.     

“Raqamli iqtisodiyotda buxgalteriya hisobi va hisobotlarni zamonaviy dasturlar asosida yuritishning mohiyati va afzalliklari” mavzusiga bag‘ishlangan mazkur seminarda viloyat statistika boshqarmasi Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i Z.Bobojonov va Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi D.Otaxonovalar ishtirok etishdi.

Hududiy boshqarma mutaxassislari seminar ishtirokchilariga nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) tomonidan topshiriladigan davlat statistika hisobotlaridagi o‘zgarish va yangiliklar xususida tushuntirishlar berishdi hamda yillik statistika hisobotini e-Stat orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishning mexanizmi, afzalligi va qulayliklari haqida ma’lumotlar berishdi.

 

Axborot xizmati