Viloyatda 2021/2022- o‘quv yili boshiga faoliyat yuritgan jami umumta’lim muassasalari soni 567 tani tashkil etib, ulardan 375 tasi (66,1%) qishloq joylarida, 192 tasi (33,9%) shaharlarda joylashgan.
Umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 360,7 ming nafar o‘quvchiga 33,1 ming nafar o‘qituvchi ta’lim-tarbiya bermoqda.
Ma’lumot uchun: viloyatda 2021/2022- o‘quv yili boshiga 557 ta davlat, 10 ta xususiy umumta’lim muassasalari faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati