17/05/2022

Joriy yilning 16- may kuni viloyatimizning Urganch  va Xiva shaharlarida  nooziq-ovqat mahsulotlarining navbatdagi narx kuzatuvlari o‘tkazildi.

Kuzatuv  davomida dislokatsiyasiga tushgan savdo nuqtalarida mutaxassisilar tomonidan iste’mol narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi o‘rganildi  va narxlar  planshetlarga  qayd etib borildi.

Kuzatuv jarayonida hududiy boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari  X.Egamov va U.Bardiyev, yuqoridagi hududlarning narx kuzatuvlari uchun mas’ul  bo‘lgan xodimlari ishtirok etishdi.

 

Axborot xizmati