Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 14 ta davlatdan qiymati 11,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 12,4 ming tonna parranda go‘shti import qilingan.
Parranda go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning dastlabki 3 oyida O‘zbekiston eng ko‘p parranda go‘shtini import qilgan davlatlar:
Polsha – 3,3 ming tonna
Turkiya – 2,7 ming tonna
Rossiya – 1,7 ming tonna
Belgiya – 1,6 ming tonna
AQSH – 828,5 tonna
Litva – 484 tonna
Niderlandiya – 428 tonna
Germaniya – 261 tonna
Matbuot xizmati