Viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022- yilning 1- may holatiga 194 tani tashkil etgan. Shundan 183 tasi yoki 94,3 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 taga yoki 2,1 foizda kamaygan.
Chet el kapitali ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni:
Turkiya – 49 ta,
Rossiya – 44 ta,
Turkmaniston – 26 ta,
Xitoy – 13 ta,
Koreya – 9 ta,
boshqa davlatlar – 42 ta.
Axborot xizmati