13/05/2022

Viloyatimizda 2022- yilning  yanvar-mart oylarida hajmi 119,7 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan.

Ushbu xizmat turining jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 5,4 %ni, 2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 119,9 %ni tashkil etgan.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulushni telekommunikatsiya xizmatlari (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmog‘i, yo‘ldoshli aloqa xizmatlari va boshqalar) egallab, 94,1 % ni tashkil  qilgan.

 

 Axborot xizmati