2022- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizga 37 ta xorijiy davlatlardan qiymati 57,3 mln AQSH dollari bo‘lgan tovarlar importi amalga oshirilgan.
Asosiy hamkor davlatlar ichida import hajmi bo‘yicha eng yuqori – 34,4 % ulush yoki 19,7 mln AQSH dollari Turkiya hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hisobot davrida Turkiyadan import qilingan tovarlar:
mashina va transport asbob-uskunalari – 16,4 mln dollar,
sanoat tovarlari – 2,1 mln dollar,
turli xil tayyor buyumlar – 0,6 mln dollar,
kimyoviy vositalar – 0.5 mln dollar.
Axborot xizmati