2022– yilning yanvar– mart oylarida viloyatdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 318,4 tonna baliq ovlangan.
Bu ko‘rsatkich 2021– yilning yanvar–martiga nisbatan 28,5 % ga kamaygan.
Ovlangan baliq hajmi xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, umumiy hajmdan 45,3 % fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgani kuzatilgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p baliq Yangiariq tumanida (498,2 tonna) ovlangan
Ma’lumot uchun: 2022- yil yanvar-mart oylarida respublikamizda 16 195 tonna baliq ovlangan bo‘lib, Xorazm viloyatining jamiga nisbatan ulushi 8,1 % ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati