12/05/2022

 Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimiz shu yilning 3 oyida xorijga 14,3 mln dollar qiymatidagi 28,9 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.

 Mahsulotlarning eksport tarkibi:

  • sabzavot - 9,9 mln dollar (24,0 ming tonna),
  • meva va rezavorlar -1,9 mln dollar (2,8 ming tonna),
  • uzum – 2,1 mln dollar (2,2 ming tonna),
  • eryong‘oq – 0,3 mln dollar (0,2 ming tonna).

Eksport qilinayotgan meva va sabzavotlarning  viloyat jami eksportidagi ulushi 26,7 %ni tashkil etgan.

      Axborot xizmati