2022- yilning yanvar-mart oylarida Urganch tumanida viloyat bo‘yicha eng ko‘p qishloq,o‘rmon va baliqchilik mahsulotlari yetishtirilgan va umumiy hajmi 316,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Shundan:
- chorvachilik mahsulotlari – 297,8 mlrd so‘m,
- dehqonchilik mahsulotlari – 14,4 mlrd so‘m.
Yetishtirilgan qishloq ho‘jalik mahsulotlari hajmi:
- go‘sht (tirik vaznda) – 4 238 tonna,
- sut – 25 939 tonna,
- sabzavot – 394 tonna,
- tuxum – 19 966 ming dona.
Tumanda hisobot davrida 115,6 ming bosh yirik shoxli qoramol, 54,4 ming bosh qo‘y va echki, 996,1 ming bosh parranda boqilgan.
Axborot xizmati