Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 618,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Urganch shahri (98,7 mlrd so‘m), Yangiariq (96,1 mlrd soʻm), Xiva (68,1 mlrd soʻm), Urganch (57,4 mlrd soʻm) va Yangibozor (46,2 mlrd soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati