Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 – yilning yanvar–mart oylarida viloyatda yetishtirilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 2 752,0 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2021 – yilning mos davriga nisbatan 2,0 %ga oshgan.
Ishlab chiqarish hajmining tarkibida:
- dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 2 689,0 mlrd so‘mni,
- o‘rmon xo‘jaligi –33,8 mlrd so‘mni,
- baliqchilik xo‘jaligi – 29,2 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Xorazm viloyatining ulushi 8,2 %ni tashkil etgan.
Viloyat YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 30,8 %ga teng bo‘lgan.
Axborot xizmati