Xorazm viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizdan xorijga qiymati 14,5 mln AQSH dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan bo‘lib, jami eksport hajmidagi ulushi 27,0 %ga teng bo‘lgan.
Shundan 11,4 mln dollarlik mahsulot MDH davlatlariga, 3,1 mln dollarlik mahsulot boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Davlatlar kesimida tahlil qilinganda, hisobot davriga eng ko‘p oziq-ovqat mahsulotlari Qozog‘istonga eksport qilingan va 8,3 mln dollarni tashkil qilgan.
Axborot xizmati