29/04/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 189,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 8 508 ta yengil avtomobil import qilgan.

 Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 361 taga yoki 2,7 barobarga oshgan.

 O‘zbekiston mart oyida 2 560 ta yengil avtomobil import qilgan.

 O‘zbekistonga 3 oyda 455 ta elektromobil import qilingan.

 Mart oyida eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan.

 “Lacetti-Gentra” avtomobilini ishlab chiqarish 2,3 barobarga oshgan.

 

 

Matbuot xizmati