Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 2022- yilning yanvar-mart oylarida 494 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga ajralish koeffitsienti 1,0 promilleni tashkil qilgan.
2021- yilning shu davriga (356 ta) nisbatan ajralishlar soni 138 taga ko‘paygan.
Viloyatda nikohdan ajralishlar soni (o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan) Urganch shahrida 0,7 promillega, Yangibozor tumanida 0,5 promillega, Hazorasp tumanida 0,5 promillega ko‘payishi kuzatilgan.
Axborot xizmati