28/04/2022

2022- yilning 1- aprel holatiga Urganch shahrida 5 714 ta korxona va tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, shundan 5 343 tasi (93,5 %) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning  yanvar-mart oylarida  176 ta yangi  korxona tashkil etilgan.

 Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 86,2 % yoki 4 606 tasi kichik biznes subyektlari  hisoblanadi.

Hisobot davrida shaharda 62 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.

 

Axborot xizmati