Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 2022- yilning yanvar-mart oylarida 5 248 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, har 1000 aholiga nikoh koeffitsienti 11,0 promilleni tashkil qilgan.
2021- yilning shu davriga (4 688 ta) nisbatan tuzilgan nikohlar soni 560 taga oshgan.
Viloyat bo‘yicha hisobot davrida eng ko‘p nikoh holatlari Qo‘shko‘pir ( 602 ta), Xonqa (535 ta) va Bog‘ot (515 ta) tumanlarida qayd etilgan.
Axborot xizmati