Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 9 ta davlatdan qiymati 2,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,5 ming tonna xurmo import qilingan.
Xurmo importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 822 tonnaga oshgan.
2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eng ko‘p xurmo import qilgan davlatlar:
➖ Eron – 3,3 ming tonna
➖ Turkiya – 81 tonna
➖ Tunis – 54 tonna
➖ Falastin – 35 tonna
➖ Isroil – 27,5 tonna
➖ BAA – 22 tonna
➖ Qozog‘iston – 22 tonna
➖ Saudiya Arabistoni – 20,5 tonna
Matbuot xizmati