Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-mart oylarida 12 ta davlatga qiymati 6,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.
Gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 mln AQSH dollariga kam.
2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
— Qirg‘iz R. – 3,7 mln.
— Ozarbayjon – 1,1 mln.
— Rossiya – 582 ming
— Afg‘oniston – 526 ming
— Qozog‘iston – 325 ming
— AQSH – 277 ming
— Tojikiston – 61 ming AQSH dollari
Matbuot xizmati