2022- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha jahonning 73 ta mamlakati bilan umumiy hajmi 110,9 mln AQSH dollar bo‘lgan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 49,8 mln dollarni, boshqa davlatlar bilan 61,1 mln dollarni tashkil qilgan.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Turkiya (23,5 %), Rossiya Federatsiyasi (23,5 %), Xitoy Xalq Respublikasi (17,7 %) va Qozogʻiston (10,5 %) davlatlariga toʻgʻri kelgan.
Axborot xizmati