Viloyatning Yangiariq tumanida joriy yilning yanvar-mart oylarida 97,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, viloyat xizmatlar hajmidagi ulushi 4,4 % darajada qayd etilgan.
Xizmatlar tarkibida yirik korxonalarning ulushi 22,7 %ni, kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 77,3 %ni tashkil qilgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra , bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulush savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 30,9 %ni tashkil etgan.
Tumanda aholi jon boshiga o‘rtacha xizmatlar hajmi 815,2 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Axborot xizmati