Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning 1- aprel holatiga viloyat bo‘yicha aholi zichligi 1 kv.km. yer maydoniga 319 kishi to‘g‘ri kelgan.
Shahar va tumanlar kesimida aholi zich joylashgan hududlar sifatida Urganch shahri (4 910 kishi) va Xiva shahri (3 185 kishi) qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich Yangiariq tumanida 298 kishiga, Yangibozor tumanida esa 264 kishiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot uchun: 2022- yilning 1- aprel holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1 930,8 ming kishini tashkil qilgan.
Axborot xizmati