Xorazm viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimiz doimiy aholisining soni 2022- yilning 1- aprel holatiga 1 930,7 ming kishini tashkil qilgan.
Joriy yilning boshidan aholi sonining 6,5 ming kishiga yoki 0,3 foizga o‘sishi kuzatilgan.
Viloyat doimiy aholisining 636,0 mingi yoki 33,1 foizini shaharda yashovchi aholi, 1 288,2 mingi yoki 66,9 foizini qishloqlarda yashovchi aholi tashkil qilgan.
2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan viloyat aholisi soni 31,9 ming kishiga yoki 1,7 foizga ko‘paygan.
Axborot xizmati