22/04/2022

Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning  yanvar-mart oylari yakunlari bo‘yicha viloyatda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1 376,5 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 133,2 % ga ko‘paygan.

Jami investitsiyalar hajmida moliyalashtirish manbasiga ko‘ra markazlashgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 5,5 %ni yoki 74,7 mlrd so‘mni,markazlashmagan investitsiyalar hajmi esa 1 301,8 mlrd so‘m yoki jami investitsiyalarning 94,5 %ni tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati