21/04/2022

2022- yilning 1- aprel holatiga  savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 7 665 tani tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,6 % (1 449 ta)ga oshgan.

Sohada 1 660 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatib, ularning soni 2021- yilning 1- apreliga nisbatan 42,1 %ga  ko‘paygan.

 Hisobot davrida xorijiy kapital ishtirokida savdoda 36 ta korxona faoliyat ko‘rsatgan.

Ularning sonida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 %ga kamayish kuzatilgan.

 

Axborot xizmati