Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida viloyatda jami chakana savdo tovar aylanmasi 2 633,4 mlrd so‘mni tashkil etgan va 2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 16,6 % ga oshgan.
Savdo tovar aylanmasi tarkibida :
- yirik korxonalarning tovar aylanmasi - 624,4 mlrd so`mni (2,2 martaga oshgan),
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 2 009,0 mlrd so‘mni (1,5 % ga oshgan), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 376,6 mlrd so‘mni (5,4 % ga oshgan) tashkil etgan.
Axborot xizmati