Gurlan tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 62 ta qurilish tashkiloti tomonidan 2022- yilning yanvar-fevral oylarida 26,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Jami bajarilgan ishlarning 68,4 % - kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga, 31,6 % norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra qurilish ishlari hajmining tarkibi:
- Bino va inshootlar qurilishi – 20,9 mlrd so‘m,
- Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 4,2 mlrd so‘m,
- Fuqarolik obyektlari qurilishi – 1,5 mlrd so‘m.
Axborot xizmati