19/04/2022

Bugun  19- aprel kuni   Xorazm viloyati statistika boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida mediatur tashkil etildi.  Mediaturda OAV vakillari ishtirok etishdi.

2023- yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan aholini yalpi ro‘yxatga olish ishlariga viloyatimizda ko‘rilayotgan tayyorgarlik bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir viloyatning Yangibozor va Gurlan tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

 Xususan, Yangibozor tumanida  mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va hokim yordamchilari ishtirokida  tashkil etilgan seminarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonida fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ishtiroki xususida  viloyat statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan  batafsil ma’lumotlar berildi. Ro‘yxatga olish savolnomalarining namunalari  bilan tanishtirildi, yig‘ilganlarning savollariga javoblar berildi.

Mediatur Gurlan tumanida davom etib, tuman markazidagi  “Bog‘iston” mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonlarning raqamlanish, ko‘chalarning nomlanish holati kadastr bo‘limi vakili, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida tanlanma o‘rganildi. Shu o‘rinda barcha mahallalarning kartografik chizmalarini reviziyadan o‘tkazish va statistika idoralariga taqdim qilish yuzasidan tuman kadastr bo‘limi bilan kelishib olindi.

 

 Xorazm viloyati  statistika boshqarmasi Axborot xizmati