Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga qiymati 807,6 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,3 ming tonna xurmo import qilingan.
Xurmo importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 478 tonnaga oshgan.
2022- yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eng ko‘p xurmo import qilgan davlatlar:
➖ Eron – 1,2 ming tonna
➖ Turkiya – 40 tonna
➖ Falastin – 35 tonna
➖ Isroil – 23 tonna
➖ BAA – 22 tonn
➖ Saudiya Arabistoni – 20,5 tonna
Matbuot xizmati